Tarkibga o'tish

Ro'yxatdan o'tish va kirish

Yangi hisob yaratish

  1. dstream.uz saytiga o'ting
  2. Ro'yxatdan o'tish tugmasini bosing
  3. Ism, familiya, email va parol kiriting
  4. Emailga kelgan tasdiqlash kodini kiriting
  5. Kirish avtomatik amalga oshadi

Tasdiqlash kodi

Kod emailga bir necha soniya ichida keladi. Kelmasa, Qayta yuborish tugmasini bosing. Kod 3 marta noto'g'ri kiritilsa, yangi kod so'rash kerak bo'ladi.

Tizimga kirish

  1. Email manzilingizni kiriting
  2. Parolingizni kiriting
  3. Kirish ni bosing

Ikki bosqichli tasdiqlash (2FA) yoqilgan bo'lsa

Kirish paytida emailga qo'shimcha tasdiqlash kodi yuboriladi. Kodni kiriting — kirish amalga oshadi.

Ishonchli qurilmada "30 kun eslab qol" ni belgilasangiz, keyingi kirishlarda kod so'ralmasligi mumkin.

Parolni unutdim

  1. Kirish sahifasida Parolni unutdim? havolasini bosing
  2. Email manzilingizni kiriting
  3. Emailga kelgan kodni kiriting
  4. Yangi parol o'rnating

Parol talablari

  • Kamida 8 belgi
  • Boshqa odamlarga bermang

Hisobdan chiqish

Profil menyusidan Chiqish tugmasini bosing. Barcha qurilmalardan chiqish uchun Sozlamalar → Xavfsizlik → Boshqa qurilmalardan chiqish dan foydalaning.